Xollouey chempionlik kamarini himoya qildi
Aralash yakkakurashlar chempioni Maks Xollouey Brayan Ortega bilan yarim og‘ir vazn chempionligi uchun kuch sinashdi. Jang Kanadaning Toronto shahrida tashkillashtirilgan UFC 231 turniri doirasida bo‘lib o‘tdi.
Xollouey bahsning to‘rtinchi raundida raqibini texnik nokautga uchratdi. Shifokorlar jarohatlarning soni ko‘pligi uchun Brayanga bellashuvni davom ettirishga ruhsat berishmadi.
Ma’lumot uchun, Xolloueya UFC doirasida 20 g‘alaba 3 mag‘lubiyatga ega. Ortega esa 15 uchrashuvda g‘alaba qozonib, birinchi marotaba imkoniyatni boy berdi.
Xollouey 2017 yilda UFC chempioni nomiga sazovor bo‘lgandi va shu davr mobaynida ikki marta chempionlik kamarini himoya qildi.

Fikrlar