
Yarim finalchilar ilgari o‘zaro qanday o‘ynashgan?
Bugun Shveytsariyaning Non shahrida EChL xamda EL yarim final juftliklarini aniqlab olish uchun qur’a tashlanadi. Biz esa mazkur jarayon oldidan yarim finalga chiqqan to‘rt jamoa ilgari EChLda o‘zaro qanday hisob-kitob qilishgani bilan sizlarni tanishtiramiz.
>>APL braziliyaliklar uchun emasmi?
>>Ham “Chelsi”, ham “MYu”da o‘ynagan futbolchilar
>>Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
“Atletiko”
“Monako”ga qarshi “Atletiko” xali umuman to‘p surmagan. Agarda bugungi qur’ada mazkur ikki klub o‘zaro raqib bo‘ladigan bo‘lsa, bu borada ilk to‘qnashuv bo‘lib o‘tishi mumkin.
“Real”ga qarshi esa “matraschilar” asosan EChL finalida o‘ynab kelmoqda va o‘zaro o‘yinlardagi mutlaq ustunlik “Real” tarafida albatta: 7 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang, 4 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 5-10.
“Yuventus” bilan o‘yinlarda “Atletiko” kichik ustunlikka egadir. Ammo bugun qur’a bizga ushbu to‘qnashuvni ko‘rishni taqdim etsa, u xolda mazkur to‘qnashuvdagi statistika Turin klubi foydasiga biroz bo‘lsada, yaxshilansa ajab emas. Ammo hozirgi natijalar quyidagichadir 1 o‘yin, 1 g‘alaba va 1 durang, to‘plar nisbati 1-0.
>>Ham “Nasaf” ham “Lokomotiv”da to‘p surgan futbolchilar(Top-6)
“Monako”
“Atletiko” bilan oldin o‘ynamagan.
“Real” bilan o‘yinlarda “Monako” yomon o‘ynamagan. 2 o‘yin, 1 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 5-5. Fernando Morentesning goli esingizdan chiqmagan bo‘lsa kerak.
Monegaskliklar “Yuventus” bilan shu vaqtga qadar 4 bora to‘qnash kelishgan. Bu qarama-qarshilikda kichik ustunlik “Yuve”da ekanlgini ko‘rish mumkin: o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 4-7.
>>Aduris TOP-9 likda yoxud “Atletik” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
“Real”
“Atletiko”ga qarshi bahslar to‘g‘risida yuqorida to‘htalib o‘tdik.
“Monako” bilan esa 2004 yildan qolib ketgan “alam” mavjud. Agarda qur’a bizga mazkur to‘qnashuvni tadqim etsa, super to‘qnashuv guvohiga aylanishimiz aniq.
“Real” italyan jamoalari bilan bahslarda u qadar qiyinchiliklarga uchrayotgani yo‘q. Ammo “Yuventus” bundan mustasno. “Qaymoqranglilar” turinliklarga qarshi 18 marta bahs yuritgan. Shulardan 8 tasida “Yuve” yana shunchasida “qirollik klubi” g‘alaba qozongan. Qolgan ikki o‘yinda esa o‘z-o‘zidan ma’lumki, kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati borasidagi ustunlik italyanlar tarafida 21-18.
Xulosa
Albatta, bular bir statistika va bularning barchasi ortda qolib ketgan natijalardir. Bizga shunisi aniqki, yarim finalda kimlar o‘zaro to‘qnash kelishidan qat’iy nazar biz ajoyib o‘yinlar guvohiga aylanamiz.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
- EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar