Yo‘l harakatini buzuvchi futbolchilar

  • 4 mart, 2017, 09:39
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun biz mashxur futbolchilaring o‘z avtoulovida yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklari to‘g‘risida hikoya qilamiz.

Tecno

“Qizil”da harakatlanuvchi Ronaldu

Ronaldu har doim barchaning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Nafaqat, maydonda, balki, uning tashqarisida ham. “Las-Palmas”ga qarshi o‘yindan so‘ng esa portugaliyalik forvard o‘zining suyukligi – Jorjina Rodriges bilan “Santyago Bernabeu”ni tark etayotganida svetoforning “qizil” chirog‘ida harakatni davom ettiradi. E’tiborlisi esa, mazkur holatni politsiyachilar ko‘rgan bo‘lsalarda, “sukut saqlash”ni o‘zlariga ma’qul ko‘rishgan.

Sharbatlarni xush ko‘ruvchi Yaya Ture

2016 yilning 13 dekabr kuni “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Yaya Ture o‘z haydovchilik guvohnomasini oldirib qo‘yadi. Angliyada Ispaniyadagidan farqli o‘laroq, barchaga birdek, munosabatda bo‘lishlarini ko‘rmoqdamiz. Endi kot-d`ivuarlik futbolchi 18 oy mashina haydash olmaydi. “Shaharliklar”ning 33 yoshli futbolchisini Londonda spirtli ichimlik ichgan xolida politsiyachilar to‘htatishadi. Uning agenti esa Tureni umuman spirtli ichimliklar ichmasligini va uning “kola”siga qayerdandir alkogol mahsuloti “qo‘shilganligi” to‘g‘risida bayonet beradi. Aytgancha, Yaya mazkur holat yuzasidan 54 ming funt miqdorida jarima ham to‘lashga majbur bo‘ladi.

Qoidabuzar Brozovich

“Inter” tarkibida yorqin o‘yin namoyish etayotgan Marselo Brozovich haydovchilik guvohnomasini bundan bir yarim yil muqaddam “oldirib” qo‘ygan. Ammo mazkur holat xorvatiyalik futbolchining qishda o‘z Vatanida VMW X6 ruliga mast holatda o‘tirishiga to‘sqinlik qilmaydi. Qolaversa, Brozovich ikki bor svetoforning “qizil” chirog‘ida harakatni davom ettirganiga nima deysiz?

Duglas Kosta: Tramvay bilan “yuzlashuv”

2015 yil so‘nggida “Bavariya” vingeri yo‘l transport xodisasiga duchor bo‘ladi. Gap shundaki, Audi Q6 ning chambaragini boshqarib ketayotgan Kostaning akasi Stefano “qizil”da harakatlanadi va tramvay bilan to‘qnashib ketadi. Yaxshiyamki, na tramvaydagilarga va na akasining yonida o‘tirgan Duglas va uning agentiga hech qanday ziyon etmaydi.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!