Yosh karatechilarimiz Malayziyada shohsupaga ko‘tarildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida karate bo‘yicha xalqaro turnirda Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Qahramon Dehqonov shogirdlari mazkur musobaqada bitta kumush va uchta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada Humoyun Baxtiyorov finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, kumush medal sohibiga aylandi. Shuningdek,  Muhammadali Qurbonov, Nurbek Qurbonov va Asilbek Nurullaev turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Sports.uz

photo_2017-12-02_23-01-17

photo_2017-12-02_22-40-11_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!