Yosh tennischilarimiz o‘zilarini ko‘rsatmoqda
Poytaxtimizda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan "NBU Cup" turnirida birinchi davra bahslari yakunlandi.
"G3" turkumiga kiruvchi o‘smirlar va qizlar o‘rtsidagi mazkur musobaqada Abdurahmon Saidmuhammedov turkiyalik Berk Ilkelni, Ibrohimjon Urinov esa shvetsiyalik Lanselot Charnelloni mag‘lubiyatga uchratdi.
Umidli tennischimiz Aziz Dadaboev esa tojikistonli Azad Rahman ustidan 6:2, 7:5 hisobida g‘alaba qozonib, ikkinchi davraga chiqdi.



Fikrlar