Yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi

CHERY AUTO

Yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari yakunlandi.

Namangan shahri mezbonlik qilgan yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bellashuvlari o‘z yakuniga etdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida shaxsiy poyga bahslarida birinchi o‘rinni  samarqandlik Shaxzod Maxmudov egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin Farg‘ona viloyati sportchisi Muzaffar Mamasolievga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni poytaxt viloyati vakili Bekzod Bekov band etdi.

Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda Madina Sagatova (Samarqand) birinchi o‘ringa ega bo‘ldi. Uning yaqin ta’qibchisi Adolat Jo‘raeva (Namangan) yakunda ham ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uchinchi urin ham mezbonlar vakilasi Tamila Qo‘chqorovaga nasib etdi.

Umumjamoa hisobida Namangan viloyati vakillari birinchi, Toshkent viloyati sportchilari ikkinchi, Samarqand viloyati biatlonchilari uchinchi o‘rinni egallashdi.

Yozgi biatlon bo‘yicha navbatdagi musobaqalar - O‘zbekiston chempionati may oyida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!