Yulduzlar fabrikasi – “Sevilya”

  • 8 fevral, 2017, 20:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sevilya” jamoasi jahon futbolida etarlicha obro‘-e’tiborga ega jamoa sanaladi. Ayniqsa, Evropa ligasi(UEFA kubogi)ni yutish borasida ustasi-faranglardan. Biz esa so‘nggi yillarda ushbu jamoadan etishib chiqqan va kata summa evaziga sotilgan futbolchilar bilan sizlarni tanishtiramiz.

Tecno

Xose Antoni Reyes

17 yoshida yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga o‘tkazilgan Reyes kelgusi mavsumlarda asta-asta asosiy tarkibdan muqim joy oladi. Rees 21 yoshga to‘lgach esa uni  Venger “Arsenal”da ko‘rishni istab qoladi va futbolchi uchun andalusiyaliklarga 25 mln funt to‘laydi. Keyinchalik faoliyatini “Real”, “Atletiko”, “Benfika” kabi jamoalarda davom ettirgan Reyes 2012 yildan yana qadrdon jamoasiga qaytib keladi va 2016 yildan e’tiboran esa “Espanol”da to‘p surib kelmoqda.

Serxio Ramos

“Sevilya” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan eng mashxur inson shubhasiz – Serxio Ramosdir. Ammo so‘nggi vaqtlarda Ramosda “Sevilya” muxlislari bilan kelishnovchiliklar yuzaga kelgani rost. Ramos asosan “Sevilya”ning yoshlar jamoasida to‘p surgan. La ligadagi debyutidan bir necha oy o‘tib esa uni “qirollik klubi” o‘z safiga qo‘shib oladi. Madridliklar Ramos uchun 27 mln evroni “Sevilya” hisob raqamiga o‘tkazib beradi. Qayd etish joiz, Serxio mana salkam 12 yildan buyon “Santyago Bernabeu”da to‘p surib kelmoqda. Aytgancha, Ramos bilan birga braziliyalik Julio Baptista ham “Real”ga transfer qilinadi. Baptistaning transfer narhi esa 20 mln evroni tashkil etgan edi.

Dani Alves

Braziliyaning “Baiya” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Dani Alves 2001 yil “Sevilya”ga ko‘chib o‘tadi va o‘z ema, ko‘p emas 6 yil “Ramon Sanches Pisxuan”da o‘ynaydi. Andalusiya klubi bilan UEFA superkubogi, UEFA kubogi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan braziliyalik o‘ng qanot himoyachisi 2008 yil 35,5 mln evro evaziga “Barselona” safiga borib qo‘shiladi.

Alvaro Negredo

Negredo “Rayo Valekano” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi va u erdan “Real Madrid Kastilya” jamoasiga borib qo‘shilgan futbolchi bosh jamoada to‘p sura olmagach, “Almeriya”ga ketadi. Ikki masvum shu klubda to‘p surgan Negredo, yana “Real”ga qaytadi. 2009 yil “Sevilya” bilan bitim tuzgan hujumchi jamoada 4 yil to‘p surib, 150 ga yaqin o‘yin o‘tkazadi va 80 ta gol kiritishga erishadi. 2013 yil esa “Manchester Siti”ga 25 mln evro evaziga sotib yuborilgan Alvaro hozirda ijara asosida “Midlsbro”da o‘ynamoqda.

Xesus Navas

Navas “Sevilya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Navas ushbu jamoada 10 yil o‘ynaydi va 25 mln evro evaziga Negredo singari “Manchester Siti”ga sotib yuboriladi. Ta’kidlash joiz “Sevilya” bilan 6 ta sovrin yutgan Navas “Siti” bilan bor-yo‘g‘i 3 ta turnirda g‘olib chiqdi xolos.

Ivan Rakitich

Rakitich 23 yoshida “Shalke”dan taklif etilgan bo‘lib, Michel va Marselino bosh murabbiy bo‘lgan vaqtlarda yarim himoyaning barcha pozitsiyalarida o‘ynab ko‘rgan futbolchi Unai Emeri davrida jamoa sardori bo‘lishga ham erishadi. Barchaga yaxshi ma’lumki, xorvatiyalik futbolchi hozirda “Barselona” safida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘z navbatida kataloniyaliklar uni qo‘lga kiritish uchun 18 mln evroning bahridan kechganini ta’kidlash lozim. To‘g‘ri, Rakitich yulduz futbolchi emas, ammo jamoaga 18 mln evro foyda keltirganiga aloxida to‘htalmasak bo‘lmaydi.

Karlos Bakka

“Sevilya”dagi ikki mavsum davomida Bakkaning transfer narhi 3 barobar ko‘tarildi. Amalda “Bryugge”dan harid qilingan kolumbiyalik forvard harid qilinganidan 4 barobar qimmat narhga “Milan”ga pullanadi.

Gjegoj Kryxovyak va Kevin Gameyro

“Sevilya” futbolchilarni sotish borasida uncha-muncha jamoalarga dars bera oladi. Kryxovyak va Gameyro jamoada mos ravishda ikki va 3 mavsum to‘p tepishgan bo‘lsa, so‘nggi ikki yildagi Evropa ligasi finalida o‘ynadi. Gameyro esa har uchchala finalda ham bosh qahramon bo‘lgani hech kimning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Ushbu ikki futbolchi jami 65 mln evroga sotilganiga nima deysiz…

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!