Yurgen Klopp: "Tottenxem" hali chempionlik poygasidan chiqib ketgani yo‘q
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Tottenxem"ning joriy mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Mening nazarimda “Tottenxem” hali chempionlik poygasidan chiqib ketgani yo‘q. Londonliklar safida ajoyib futbolchilar yig‘ilgan.
“Shporlar”ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatining asosiy sababi, ular safidagi 8-9 nafar futbolchi jahon chempionati davomida ajoyib ishtirok etdi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Liverpul” 48 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Manchester Siti” (44) hamda “Tottenxem” (42) yakunlab turibdi.

Fikrlar