"Yuventus" "Arsenal" etakchisiga shartnoma taklif qiladi

  • 07.10.2018 12:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi “Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remziga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar tasdiqlandi.

Ta’kidlash lozimki, joriy mavsum yakunlangach 27 yoshli uelslik futbolchining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agentga aylanadi. So‘nggi xabarlarga qaraganda “keksa sinora” tez orada Remziga shartnoma taklif qiladi va uni qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga urinadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Remziga «Milan», «Liverpul», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublaridan ham jiddiy qiziqishlar paydo bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!