"Yuventus" Paulino uchun 40 mln evro to‘lashga tayyor

  • 04.07.2018 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Paulino uchun jiddiy kurash boshladi.

La Repubblica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 29 yoshli braziliyalik futbolchi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 40 mln evro tovon pulini to‘lashga tayyor. Biroq, “Yuve” imkon qadar ushbu mablag‘ni kamaytirishga urinib ko‘rmoqchi.

Aytish lozimki, turinliklar Paulinoni mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirayotgan Miralem Pyanichning o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!