
"Yuventus" Portugaliya terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi
"Yuventus" Portugaliya terma jamoasi va "Vulverxempton" klubi yarim himoyachisi Ruben Neveshga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar vakillari 21 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan uchrashishgan. Neveshga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uning fikricha Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Nevesh jamoani kuchaytirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Nevesh “Vulverxempton” safiga 2017 yil “Portu”dan 17 million funt evaziga kelib qo‘shilgan edi. E’tiborlisi, bu “Vulverxempton” tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lgan edi.
Fikrlar