"Yuventus" etakchilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 29.12.2018 16:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Xuan Kuadrado uzoq muddatga safdan chiqdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli kolumbiyalik futbolchi tizzasidan operatsiya qilingan va endi kamida 3 oy jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ma’lumot uchun, Kuadrado joriy mavsum “Yuventus” safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!