"Yuventus" urugvaylik futbolchisining maoshini oshirmoqchi

  • 04.12.2018 13:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi o‘zining urugvaylik yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra “keksa sinora” joriy mavsumni yuqori darajada o‘tkazayotgan 21 yoshli futbolchining maoshini oshirmoqchi. Eslatib o‘tish lozimki, Bentankurning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Bentankur joriy mavsum “Yuventus” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!