
"Yuventus" va "Chelsi" o‘zaro hujumchilar rokirovkasini amalga oshirishi mumkin
"Yuventus" va "Chelsi" klublari o‘zlarining asosiy hujumchilarini almashtirishmoqchi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar Gonsalo Iguain o‘rniga “aristokratlar”dan Alvaro Moratani so‘rashmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, ispaniyalik futbolchi bundan avval ikki mavsum “Yuventus” safida to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, Turin super klubi 30 yoshli argentinalik futbolchini 2016 yil "Napoli"dan 90 mln evroga sotib olgan edi.
Fikrlar