Zaynab Pardaboeva o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Andijonda sportning o‘q otish turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogining ikkinchi  bosqich bahslari davom etmoqda. Dasturdan o‘rin olgan pnevmatik miltiqdan 10 metrlik masofadagi nishonga o‘q uzish bo‘yicha o‘tgan VP6 mashqlarida g‘oliblik uchun keskin kurash andijonlik Mushtariy Tojimatova, farg‘onalik Marina Merkulova, surxondaryolik Nataliya Slastyon, poytaxt viloyati vakilalari Zaynab Pardaboeva hamda Shaxnoza Turg‘unovalar o‘rtasida kechdi.

Tecno

Ayniqsa dastlabki o‘q uzishlarda raqibalaridan kam ochko to‘plagan andijonlik Robiyaxon Mirkomilovaning yakunda kuchli to‘rtlika kirgani, Shaxnoza Turg‘unovaning kuchli uchlik uchun munosib mahorati mutaxassislar tomonidan e’tirof etildi.

Yakunda g‘oliblik uchun kurashda 229 ochko to‘plagan Toshkent viloyati vakilasi Zaynab Pardaboeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa Nataliya Slostyonga nasib etdi. U 227 ochko jamg‘ardi.

- O‘zbekiston kubogida g‘oliblik uchun kurash juda qizg‘in kechmoqda. Kichik xato etakchi nomini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu dastlabki kungi bahslardayoq o‘z isbotini topdi. Bundan besh-olti yil ilgari musobaqa yarmida kim birinchi o‘rinni olishi mumkinligi oydinlashardi. Endi esa nishonga eng so‘nggi o‘q otilishini kutyapmiz, - deydi musobaqa bosh hakami Shokir Nabiev.

O‘zbekiston kubogining ikkinchi bosqichi davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!