Zidan "Real"ga 20 yoshli hamyurtini olib kelmoqchi

  • 24 may, 2017, 10:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Betis” yarim himoyachisi Daniel Sebalosaga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Frantsiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra 20 yoshli hamyurti kelajakda “Real”ga yordam berishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, “Real” futbolchini sotib olgan taqdirda ham undan yangi mavsumda foydalanmoqchi emas va yana “Betis”ning o‘ziga ijaraga berib yubormoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda Sebalosani shuningdek Madridning boshqa bir klubi – “Atletiko” ham o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining andalusiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Unga ko‘ra Sebalosaning  tovon puli 15 mln evroni tashkil etadi. U jolriy mavsum La liganing 30ta turida maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

"Malaga" prezidenti: "Barselona" bizga"Real"ni mag‘lub etishimiz uchun pul taklif qilgan >>>

Ana xolos: Ronladuni “Real”ga Peres olib kelmagan>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!