Zidan "Real"ga Angliyadan superfutbolchi olib keladi
"Real" tarkibi bugungi kunda dunyodagi eng kuchlilardan ekaniga qaramay klub rahbariyati yana superfutbolchilarni olib kelishda davom etmoqda. Shu paytgacha "Real"ning "Tottenxem"dan olgan futbolchilari doimo ishonchi o‘yin ko‘rsatib. sarflangan millionlarni oqlab kelgan.
Bunga jamoaning etakyai yarim himoyachilari - Garet Beyl va Luka Modrichni misol qilish mumkin. "Tottenxem"dan kelgan har ikki futbolchi bugun madridliklarning ishongan o‘yinchisiga aylangan.
"Real" endi "Tottenxem"dan 20 yoshli Dele Allini olmoqchi. Madridliklar bu transferni yozda amalga oshirishga qaror qilgan bo‘lsa-da, muzokaralarni hozirdan boshlash niyatida. Florentino Peres bu futbolchi uchun 50 ming funt sterlingdan voz kechishga tayyor.
Dele Alli Angliya premer ligasida 18 ta uchrashuvda sakkizta gol urib, to‘purarlik mahoratini ham namoyish qilmoqda.
SPORTS.uz

Fikrlar