A Seriya. "Atalanta" so‘nggi o‘rindagi jamoani mag‘lub etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Seriya 34-turidan o‘rin olgan "Venetsiya" - "Atalanta" o‘yini yakunlandi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bergamoliklar safida gollar Pashalich, Sapata va Muriel hisobiga yozib qo‘yildi. Mezbonlarning yagona goliga Chrnigoy mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Atalanta" ochkolari sonini 54 taga etkazib oldi. Klub ayni payt jadvalda 8-o‘rindan joy olgan.

"Venetsiya" hisobida 22 ochko mavjud bo‘lib, jamoa so‘nggi pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!