A Seriya. Bugun "Roma" autsayderga qarshi o‘ynaydi!
Bugun Italiya A Seriyasi 22-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Kalyari" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi.
Ayni damda legionerimiz Shomurodov to‘p tepayotgan "bo‘rilar" 32 ochko bilan turnir jadvalining 7-o‘rinidan joy egallagan.
Raqib "Kalyari" esa 16 ochko to‘plagan holda chempionatning 18-pog‘onasini band etib turibdi.

Fikrlar