
A Seriya. Dramatik kechgan bahsda "Milan" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
Italiya A Seriyasi 8-turi doirasidagi "Empoli" - "Milan" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda "rossonerilar" irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi - 1:2.
O‘yindagi dastlabki gol Ante Rebich nomiga yozildi. Xorvatiyalik futbolchi o‘yinning 82-daqiqasida gol urib, bahsdagi hisobni ochdi. Bellashuv yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda mezbonlar futbolchisi Bayrami hisobni tenglashtirdi. 90+4-daqiqaga kelib, mehmonlar a’zosi Ballo-Ture jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi.
90+7-daqiqada Rafael Leau jamoasining 3-golini urib, o‘yinga nuqta qo‘ydi. Shu tariqa, Pioli shogirdlari dramatik kechgan bahsda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin milanliklar hisobidagi ochkolar soni 17 taga etdi va turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Empoli" esa 7 ochko bilan 14-o‘rinni band etgan.
Fikrlar