A Seriya. "Inter" ta’qibchilaridan katta farq bilan o‘zib ketdi
A Seriya 19-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Torino" o‘yini yakuniga etdi. Unda "neradzurrilar" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Denzel Dyumfrisning 30-daqiqada kiritgan goli amalda bahs taqdirini hal qildi.
Ushbu natijadan so‘ng Milan klubi hisobidagi ochkolar sonini 46 taga etkazib olgan holda, peshqadamlik qilishda davom etmoqda. 25 ochkosi bor "Torin" esa 11-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar