
A Seriya. "Kalyari" "Yuventus"ga mag‘lub bo‘ldi. Shomurodov esa 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi
A Seriyaning 12-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Kalyari" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda turinliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 60-daqiqada Bremer hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Rugani oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Dossena 75-daqiqada javob qaytarshga muvaffaq bo‘ldi. Shomurodov esa 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Shu tariqa, "Yuventus" turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. "Kalyari" esa 17-pog‘onaga joylashgan.
Fikrlar