A Seriya. "Kalyari"dan super kambek! Shomurodovdan esa assist
A Seriyaning 15-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Sassuolo" o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Erlik 7-daqiqada hisobni ochdi. Uchrashuvning 62-daqiqasida mehmonlar tarkibidan Tressoldi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bundan esa sardinyaliklar foydalanib qoldi. 90+4 daqiqada Lapadula imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+9 daqiqada Pavoletti g‘alaba golini urdi. Ushbu golga esa Shomurodov assistentlik qildi.
Shu tariqa, "Kalyari" turnir jadvalida 13 ochko bilan 16-o‘ringa chiqib oldi.

Fikrlar