
A Seriya. "Kalyari"ning "Yuventus"ga qarshi qaydnomasi ma’lum bo‘ldi
Ertaga Italiya A Seriyasi 33-tur bahslari boshlanadi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov jamoasi mazkur turda o‘z uyida "Yuventus"ni qabul qiladi. Bellashuv 23:45da start oladi. Ushbu bahs uchun sardiniyaliklarning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. Shomurodov ham ro‘yxatda.
Eslatib o‘tamiz, turinliklar ayni damda 63 ochko bilan A Seriyada 3-o‘rinni egallab turibdi. Raneri jamoasi esa 31 ochko jamg‘argan holda 14-pog‘onada joylashgan.
Fikrlar