A Seriya. "Napoli" "Sassuolo"ni er tishlatdi
A Seriya 35-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Sassuolo" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 6:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Neapolliklar tarkibida Mertens dubl qayd etdi. Shuningdek, Kulibali, Osimxen, Losano va Rahmani o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bitta javob goli Maksim Lopes tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Spaletti shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 70 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular Italiya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni band etgan. 46 ochkosi bor "Sassuolo" 10-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar