A Seriya. "Roma" derbida yirik hisobda g‘alaba qozondi, Abrahamdan esa dubl

  • 20.03.2022 23:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

A Seriya 30-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Latsio" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yinning ilk daqiqasidayoq Abraham hisobni ochdi. 22-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda uning o‘zi oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Bo‘lim tugashi arafasida Pellegrini hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 

Ushbu natijadan so‘ng "bo‘rilar" hisobidagi ochkolari sonini 51 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular Italiya chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinni band etgan. 49 ochkosi bor "burgutlar" 6-pog‘onada bormoqda. 

Qayd etish lozim, hamyurtimiz Eldor Shomurodov mazkur o‘yinda zaxirada qoldirildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!