
A Seriya. "Roma" ishonchli hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi
Italiya A Seriyasining so‘nggi turidan o‘rin olgan "Torino" - "Roma" ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli va intrigaga boy kechgan uchrashuvda rimliklar ishonchli hisobda muvaffaqiyatga erishdi (0:2). O‘yinning 18-daqiqasida Paredes kuchli zarba bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida esa Salimakers oradagi farqni 2 taga etkazib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu g‘alaba ham rimliklarni turnir jadvalida kuchli to‘rtlikka kirishga yordam bera olmadi. Shuningdek, bu turda "Yuventus" ham qiyinchlik bilan 2:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Milliy terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 72 daqiqa harakat qildi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Fikrlar