
A Seriyaning 15 ta klubi futbolchilariga maosh to‘lay olmaydi
Italiya A Seriyasining aksariyat klublarida koronavirus pandemiyasi tufayli jiddiy moliyaviy muammolar yuzaga keldi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, chempionatning 20 ta jamoasidan 15 tasi ayni damda futbolchilariga maosh to‘laydigan sharoitda emas. Ularning ayrimlari hatto iyul oyi uchun maoshlarni ham bermagan.
Endi Italiya hukumati futbolchilarning maoshi to‘lanishi uchun klublarni soliqlardan ozod qilishi mumkin.
Fikrlar