Abbosbek Fayzullaev "Gaziantep"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?

  • 23.12.2025 01:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoamiz futbolchisi Abbosbek Fayzullaev "Gaziantep"ga qarshi bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ma’lumot o‘rnida, yosh o‘yinchimiz ushbu o‘yinda 1 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 
 
Siz bugun yaxshi assistlar berdingiz va go‘zal gol urdingiz. Bugungi o‘yindan keyingi fikrlaringiz qanday? 
 
— Ha, men gol urish va jamoaga g‘alaba keltirishdan xursandman. Bu tanaffusdan oldin juda muhim edi va men ta’tilda uch ochko va gol bilan borishdan juda baxtiyorman. 

Tecno

okn04742jpg.jpg
 
Jamoa bilan birgalikda siz yaxshi ham kayfiyatdasiz va yaxshi o‘yin ko‘rsatyapsiz. Shu haqida: 
 
— Boshlanishi xohlaganimdek bo‘lmadi. Mavsum boshida hujjatlar bilan qiynaldim. Keyin jarohat oldim. Men bunga o‘zimni ayblayman va juda ko‘p ishladim, murabbiy menga ishonch bildirdi. Oxirgi to‘rt o‘yinda, menimcha, hammasi xohlaganimdek rivojlanmoqda. 
 
Eldor Shomurodov bilan munosabatlaringiz qanday? 
 
— Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi. Shomurodov va uning oilasi bilan yaxshi munosabatimiz bor. Shuningdek, men uchun u bilan o‘ynash yoqimli. Chunki Eldor tajribali futbolchi va men uning o‘yinini kuzatib, unga qarab o‘sib bormoqdaman. Men yurtdoshim bilan o‘ynashdan xursandman. Bundan tashqari, u menga ko‘p yordam beradi, chunki biz yonma-yon uyda yashaymiz va bu men uchun qulaydir. 

okn04798jpg.jpg

O‘zbekistonlik futbol muxlislari sizlar tufayli Turkiya Superligasini kuzatib borishmoqda. Shu haqida fikrlaringiz qanday? 
 
— Ha, menimcha, ular bizga ko‘proq e’tibor berishadi va juda qo‘llab-quvvatlashadi. Bizning millatimiz har doim bizni qo‘llab-quvvatlaydi, boshqa mamlakatlarda va o‘zimizning mamlakatimizda o‘ynaydigan futbolchilarni ham ruhlantirishadi​. Biz muxlislarimizdan katta yordam olamiz va ularni baxtli qilishdan xursandmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!