Abdel-Aziz: "Ular, albatta, jang qilishlari kerak"

  • 24 dekabr, 2023, 18:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Misrlik MMA jangchilarining mashhur menejeri va Dominance MMA Management rahbari Ali Abdel-Aziz engil vaznda UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev(25-1) va amerikalik Jastin Getji(25-4) o‘rtasida jang tashkil etish zarur deb hisoblamoqda.

Maxachev va Getji jangi bo‘lishi kerak. Jastin, bu jangdan keyin hech qachon avvalgidek bo‘lmaysan, buni unutma”, — deb yozdi Abdel-Aziz ijtimoiy tarmoqlarda. Avvalroq, Maxachevning o‘zi Getji bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jangdan manfaatdor ekanini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 21 oktabr kuni Abu-Dabida (BAA) "UFC 294" turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Maxachev avstraliyalik Aleksandr Volkanovski bilan uchrashgan va revansh jangida Islom birinchi raundda g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!