
Abduholiqovning dubli "Loko"ga g‘alaba keltirdi
O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Turon" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Hisob yaypanliklar a’zosi Toshmirzaev tomonidan ochildi. Raqib posbonining xatosidan foydalangan Bilolxon maydon markazidan gol urdi. Bunga "temiryo‘lchilar" Abduholiqovning dubli va Amonovning bir goli evaziga javob qaytardi.
Ushbu g‘alaba natijasida ochkolari sonini 22 taga etkazib olgan "Loko" 7-o‘ringa ko‘tarildi. 3-pog‘onadagi "Turon" 12 ochko to‘plagan.
Fikrlar