Abduqodir Husanov YECHLda tezlik bo‘yicha faqat Mbappedan ortda qoldi
UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi eng tezkor futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi. Eʼtiborlisi, mazkur reytingdan "Manchester Siti" futbolchisi Abduqodir Husanov ham oʻrin oldi.
Oʻzbekistonlik himoyachi ushbu koʻrsatkich boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi. Uning qayd etilgan eng yuqori tezligi 34,7 km/soatni tashkil etdi. Bu borada faqat "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe ustun keldi — fransiyalik futbolchining maksimal tezligi 34,9 km/soatga teng.

Maʼlumot uchun, Husanov Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining soʻnggi 8-turida "shaharliklar" safida "Galatasaroy"ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, toʻliq 90 daqiqa oʻynadi.
Fikrlar