Abduvohid Ne’matov: "Ertaga bularga javob berishimiz kerak"

  • 5 noyabr, 2024, 22:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertangi "Nasaf" - "Al Husseyn" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda Ro‘ziqul Berdiev va Abduvohid Ne’matov qatnashdi. 

"Avvalambor assalomu alaykum. Ertangi o‘yinga hamma tayyor. Biz faqat va faqat 3 ochko uchun maydonga tushamiz. Keyingi bosqichga chiqishimiz kerak va muxlislarimizga yoqidagan futbol ko‘rsatishga harakat qilamiz. 

"Ishtaha taom ustida keladi" deyishadi. Hozirda muxlislarni ishtahasi juda baland. Jamoani kayfiyati qanday, ertangi o‘yinga jamoa qanchalik tayyor?

Jamoadoshlarim va murabbiylar bilan bu o‘yinga jiddiy tayyorlandik. Bu uchrashuvni kelishini kutgandik. Biz Iordaniyadagi bahsning oxiririda gol o‘tkazib yubordik. Ertaga bularga javob berishimiz kerak. 

Penalti haqida gapirilgan faqat "Nasaf" darvozaboni yodga olinmoqda. Nega aynan darvozabon penaltini amalga oshirmoqda?

Ushbu vaziyatlarda o‘zimga ishonchim bor edi. Masalan, "Dinamo" bilan o‘yinda shaxsan Ro‘izqul akadan kelib so‘radim. Agar o‘zimga ishonsam tepishimni aytdi. Jamoami ham ishondi va o‘zimda ikki barobar ishonch ortdi", - dedi Ne’matov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!