Abramov boshchiligidagi "Dinamo" qirg‘iz klubini yoshlardan iborat tarkib bilan mag‘lub etdi!

  • 18 iyul, 2023, 19:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘rtoqlik o‘yini doirasidagi ikkinchi o‘yinida ham "Dinamo" qirg‘iz klubini mag‘lub etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

"Dinamo" jamoasi Issiqko‘ldagi yig‘in doirasida O‘shning "OshMU-Aldier" jamoasiga qarshi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi.

Bu bahsda Vadim Abramov asosan yoshlardan iborat tarkibni maydonga tushirdi. Shunga qaramay, "arslonlar" bu bahsda ham "OshMU-Aldier"ni taslim eta oldi.

Abubakir Mo‘ydinov hisobni ochgan bo‘lsa, Elnur Saitmurotov va Valeriy Akopov hisobni 3:1 ga etkazdi. Mehmonlardan yagona gol Akmal Yo‘ldoshev nomiga yozildi", - deyiladi xabarda.

18 iyul (seshanba), O‘rtoqlik o‘yini. Issiqko‘l.

"Dinamo" - "OshMU-Aldier" - 3:1.

Gollar: Abubakir Mo‘ydinov 47, Elnur Saitmurotov 62, Valeriy Akopov 69 penalti – Akmal Yo‘ldoshev 50.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!