Abramovich "Chelsi"dagi xarajatlarni kamaytirmoqchi

  • 14 may, 2018, 18:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi xo‘jayini Roman Abramovich jamoasi xarajatlarini kamaytirmoqchi.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rossiyalik milliarderning bunday qarorga kelishiga sabab sifatida “aristokratlar”ning joriy mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmagani aytilmoqda. Shuningdek EChLsiz qolgan jamoani yozgi transferlar davrida bir qator etakchi futbolchilar ham tarki etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Antonio Konte boshqaruvidagi jamoa joriy mavsum APLda 70 ochko bilan 5-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!