
Abramovich davrida "Chelsi"da eng kam ochko jamg‘argan murabbiylar kimlar?
The Athletic nashri “Chelsi” klubining rossiyalik xo‘jayini Roman Abramovich davridagi murabbiylar reytingini tuzib chiqdi.
2003 yildan to shu kungacha “aristokratlar” safida 12 ta mutaxassis faoliyat yuritdi. E’tiborlisi, jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Frenk Lempard ochko jamg‘arish bo‘yicha Andre Villash-Boash bilan bir qatorda eng yomon natijani qayd etgan mutaxassis bo‘ldi.
Bu borada eng yaxshi natijani 2007-2008 yillarda “Chelsi”ni boshqargan Avraam Grant qayd etgan. Isroillik mutaxassis “aristokratlar” bosh murabbiyi sifatida jami 32 ta o‘yin o‘tkazgan va uning jamoasi bir o‘yinda o‘rtacha 2,31 ochko qo‘lga kiritgan.
Kuchli uchlikdan esa Joze Mourino hamda Antonio Konte joy oldi.
- Avraam Grant (2,31– 32 matcha);
- Joze Mourinyu (2,19 – 212);
- Antonio Konte (2,14 – 76);
- Karlo Anchelotti (2,07 – 76);
5-6. Rafael Benites (1,96 – 26);
5-6. Luis Felipe Skolari (1,96 – 25);
- Gus Xiddink (1,94 – 34);
- Mauritsio Sarri (1,89 – 52);
- Roberto Di Matteo (1,83 – 23);
- Klaudio Raneri (1,82 – 146);
11-12. Andre Villash-Boash (1,7 – 27);
11-12. Frenk Lempard (1,7 – 54).
Fikrlar