
Abraxam "Roma"dan ketishi mumkin
"Roma" futbolchisi Temmi Abraxam yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "La Repubblica" nashri xabar berdi.
Abraxamga APLning ikki grand klubi qiziqish bildirmoqda. "Arsenal" va "Manchester Yunayted" mavsum yakunlangach, uni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.
Hozircha Temmining "Roma"dagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. U katta ehtimol bilan Angliyaga qaytishni istaydi.
Ma’lumot o‘rnida, angliyalik hujumchi joriy mavsum 21 ta o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar