
Abraxamning jahli chiqdimi?
"Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam yozgi transfer oynasida londonliklar safini tark etishga tayyor, deya yozmoqda "The Athletik".
Manbaning xabariga ko‘ra, agar "ko‘klar" "Borussiya" hujumchisi Erling Xolandni xarid qilsa, angliyalik futbolchi jamoada qolishdan naf yo‘q, deb hisoblamoqda.
Transfermarkt portali 23 yoshli Abraxamni 40 million evroga baholamoqda. 2020/21 yilgi mavsumda forvard 30ta o‘yinda maydonga tushib, 12 gol urgan va 6 golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar