ADCC ligasining besh karra chempioni: "Xabib Nurmagomedov va Xamzat ​​Chimaevning kurashi kuchli emas"

  • 18.02.2026 09:51
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Grappling bo‘yicha turnirlar o‘tkazuvchi ADCC ligasining besh karra chempioni, davrimizning eng kuchli jiu-jitsu ustalaridan biri Gordon Ryan MMA jangchilari – Xabib Nurmagomedov va Xamzat Chimaevning klassik grapplingdagi imkoniyatlarini baholadi.

"Xabib va ​​Chimaev kuchli kurashchilar emas. Agar ular ADCC da ishtirok etganida, osongina mag‘lub bo‘lishardi. Lekin MMA da eng yaxshi kurashchi yoki jitser bo‘lishingiz ham shart emas", – dedi Ryan "Overdogs" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda UFC da rossiyalik sportchilar ishtirok etmasligi haqida mish-mishlar keng tarqalmoqda. Biroq hozircha hech qanday rasmiy xabar yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!