
Adidas Sterlingni "Real"da ko‘rishni xohlamoqda
"Manchester Siti" klubi forvardi Raxim Sterling Adidas bilan rekord darajada shartnoma imzoladi.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, angliyalik futbolchi zarur shartlarni bajargan taqdirda yiliga 11 mln evrodan ko‘proq pul olishi mumkin.
Aytish kerakki, Adidas Sterlingni o‘zi bilan hamkorlik qiluvchi "Real" klubida ko‘rmoqchi. Boisi, "Manchester Siti" ayni damda Puma kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.
Sterling joriy mavsum “Manchester Siti” safida 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 29 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar