
"Adu-Dhabi Chess Festival". "Juniors" guruhida 5 turdan so‘ng vakillarimiz qaysi o‘rinlarni band etib turibdi?
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida 30-Abu Dabi Xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tmoqda. 14 avgust kuni start olgan musobaqada yurtimiz sharafini jami 32 nafar shaxmatchi himoya qilmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 63600 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda 250 dan ortiq shaxmatchi "Masterss", "Open A", "Open B" hamda "Juniors" guruhlarida bellashmoqdalar.
Ta’kidlash kerak, "Juniors" guruhida ayni vaqtda 5 tur ortda qoldi. Quyida "Juniors" guruhidagi ishtirok etayotgan hamyurtlarimizning reytingdagi o‘rni bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Akobirxon Saydaliev - 4.5 ochko, 7-o‘rin
Ikromjon Halilov - 4 ochko, 17-o‘rin
Akbar Yakubboev - 4 ochko, 19 o‘rin
Asilbek Abdulazizov - 3.5 ochko, 60-o‘rin
Azizjon Abdukarimov - 3 ochko, 119-o‘rin
Asmina Abdulazizova - 2.5 ochko, 144-o‘rin
Eslatib o‘tamiz, "Juniors" guruhida 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etishi mumkin.
Fikrlar