
Afsonalar o‘yini. "Liverpul" "Milan"dan ustun keldi
Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda "qizillar" 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Ingliz klubi safida Robbi Fauler, Jibril Sisse va Stiven Jerrardlar gol muallifiga aylanishdi.
"Rossonerilar" safida esa Andrea Pirlo va Juzeppe Pankarolar raqib darvozasini ishg‘ol etishdi.
"Liverpul" afsonalari - "Milan" afsonalari - 3:2 (1:0)
Gollar: Fauler, 25 (1:0). Sisse, 51 (2:0). Pirlo, 61 (2:1). Pankaro, 78 (2:2). Djerrard, 80 (3:2).
"Liverpul", asosiy tarkib: Dudek, G. Djonson, Karrager, Xyuyupiya, Agger, Kennedi, Kvarme, Djerrard, Garsiya, Kayt, Fauler.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Vesterveld, Makmanaman, Maketir, Oldridj, Dj. Traore, Berger, Sisse, Diao, Shmitser, Ouen.
"Milan", asosiy tarkib: Dida, Kafu, Kostakurta, Kaladze, Serjinyu, Ambrozini, Gattuzo, Pirlo, Ruy Koshta, Kaka, Indzagi.
Zaxiradan maydonga tushganlar:: Abbyati, Borello, Karbone, Favalli, Fori, Digao, Maldini, Oddo, Pankaro, Shimich.
Fikrlar