Agar Luis Enrike shartnomani uzaytirmasa, u holda “Barselona”ni Unsue boshqaradi
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati agar Luis Enrike “qo‘q-anor ranglilar” bilan shartnomani uzaytirishni istamasa klubni kim boshqarishi mumkinligi haqida o‘ylashni boshdadi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Luis Enrike “Barselona”ning ishonchini to‘liq oqladi va klub unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. O‘z o‘rnida ispaniyalik mutaxassis yangi shartnoma borasidagi savolga bahorda javob berishini aytgan. Agarda Enrike klubni tark etadigan bo‘lsa, u holda “Barselona”ni katta ehtimol bilan Xuan Karlos Unsue boshqarishi kutilmoqda. Unsue ayni damda Enrikega murabbiylar shtabida yordam bermoqda.
Ma’lumot uchun, Unsue o‘z vaqtida “Numansiya” va “Rasing” kabi jamoalarni boshqargan.

Fikrlar