Agent Messi va Pikeni "Arsenal"ga olib kelishga harakat qilganini aytdi

  • 8 fevral, 2023, 07:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubining sobiq skauti o‘z vaqtida Lionel Messi hamda Jerar Pikeni Londonga olib kelishga harakat qilgani haqida gapirdi.

Tecno

- Messi "La Masiya" akademiyasida tahsil olgan paytida uni jamoaga taklif etganingiz rostmi?

"Ha, Pike hatto bazamizga kelgan".

- Nega ular bilan shartnoma imzolanmagan?

"Messining vaziyati biroz chigal edi, u Angliya vizasini ololmagan. O‘sha paytda uning vakili bo‘lgan Orasio Gadjoli bilan bir necha bor uchrashganman. Ammo natija muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.

Pikening transferi esa murakkab byurokratik muammo tufayli amalga oshmagan. Shunga qaramay, "Barselona" akademiyasining iste’dodli tarbiyalanuvchisi Sesk Fabregas bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldik", - deydi Frensis Kadjigao.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!