AGMK - "Paxtakor". Igor Sergeev Odil Ahmedovdan oldinda

  • 1 noyabr, 2020, 15:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 22-turidan o‘rin olgan AGMK - "Paxtakor" uchrashuvi o‘tkaziladi. Poytaxtliklar matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Igor Sergeev hozirgacha Olmaliq jamoasi darvozasini 7 marta ishg‘ol qilishga erishgan.

AGMK bilan yuqori ligada "sherlar" 2008 yildan beri to‘qnash kelmoqda. O‘zaro o‘yindagi ilk gol Odil Ahmedov hisobiga yozilgan. Raqibning birinchi goliga Baxtiyor Hamidullaev mualliflik qilgan.

Igor Sergeev AGMK darvozasini ayni paytga qadar 7 bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bilan u o‘zaro o‘yinlar to‘purari hisoblanadi. Odil Ahmedov va Sherzod Karimov hisobida 5 tadan gol mavjud. Vladimir Kozak esa, 3 marta olmaliqliklar darvozasini nishonga olgan. AGMK uchun "Paxtakor" darvozasiga eng ko‘p golni Zafar Polvonov kiritgan. Ushbu hujumchi to‘qnashuvlarda 3 gol muallifiga aylangan.

AGMK bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
7 - Igor Sergeev
5 - Odil Ahmedov, Sherzod Karimov
3 - Vladimir Kozak, Zafar Polvonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!