Aguero jahon chempionatiga boradi!

  • 20.02.2022 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yuragidagi muammo tufayli faoliyatini kutilganidan erta tugatgan Serxio Aguero joriy yil oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida Argentina milliy terma jamoasiga yordam bermoqchi.

Tabiiyki, “Barselona”ning sobiq hujumchisi endi maydonga qayta olmaydi. U murabbiylar shtabiga kirishni rejalashtiryapti.

Qatardagi jahon chempionatiga boraman. Tez kunlarda mutasaddilar bilan uchrashuv bo‘ladi. Murabbiylar shtabiga qo‘shilishga tayyorman. Bosh murabbiy Lionel Skaloni va Argentina futbol federatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia bilan gaplashib oldik. Bir urinib ko‘rishimiz kerak.

Agar bu reja amalga oshsa, men yigitlar bilan maydonda mashhulot o‘tkazaman. Bu muammo emas. Ularni g‘alabaga ruhlantirib turaman, - dedi Serxio Aguero.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!