Aguero: Messi juda ko‘p noliydi!
“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero terma jamoadagi sherigi Lionel Messi bilan munosabatlari haqida gapirdi.
- Biz terma jamoadagi yig‘inlarda bir xonada yashaymiz. Leo juda ko‘p noliydi. Men doim televizor yoqiq holda uxlab qolaman. Ertalab Messi menga tanbeh beradi. Mashg‘ulotdan 19:30 la qaytamiz va 21:00 da kechki ovqatga chiqishimiz kerak. Leo mashg‘ulotdan kelishi bilan dush qabul qilib, ovqatlanishga tayyorlanadi. Men darrov telefon titaman. U tayyor bo‘lganida ham mening qo‘limda telefon bo‘ladi. U esa, meni doim kech qolishimizda ayblaydi, - deydi Aguero.
Serxioning aytishicha, Lionel Messi boriladigan joyga kech qolishni juda yomon ko‘rar ekan.
Fikrlar