Aguero o‘rnini ikki superhujumchi bosadi
“Manchester Siti” kelasi mavsum oldidan hujum chizig‘ini yangilashga harakat qilmoqda. Serxio Aguero avvalgidek, jamoaning asosiy to‘purari vazifasini bajara olmayapti. Shuning uchun Xosep Gvardiola yuqori marralar zabt etish maqsadida ko‘p gol uradigan kuchli hujumchilarga ehtiyoj sezmoqda.
“Shaharliklar” yozgi transferlar vaqtida “Inter”ning hujum juftligi – Romelu Lukaku va Lautaro Martinesni ajribali olishni rejalashtirgan. Lautaro ham jamoadan ketish ilinjida Ronalduning agenti Jorde Mendesh xizmatidan foydalanmoqchi.
“Inter”ning o‘zi hujumchilardan birini sotishga rozilik bo‘lgan. Ular Lautarodan qutilmoqchi. Chunki argentinalik to‘purar maoshini uch karra oshirishni talab qilmoqda.

Fikrlar