Ahmadaliev mag‘lub etgan Deniel Roman yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi

  • 5 iyun, 2022, 09:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Amerika Qo‘shma Shtatlarida PBC professional boks oqshomi doirasida birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBC va WBO kamarlari egasi Stiven Fulton da’vogar Deniel Romanga qarshi jang olib bordi. To‘liq davom etgan bahsda Fulton 119-109, 120-108, 120-108 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Ushbu g‘alabadan so‘ng, Fultonning janglar statistikasi 21-0 (8 KO) ko‘rinish olgan bo‘lsa, Romanda bu ko‘rsatkich 29-4-1 (10 KO) holatiga keldi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida WBA va IBF kamarlari hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga tegishli bo‘lib, ularni aynan Deniel Romandan tortib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!