
Aholisi yarim milliondan ortiqroq bo‘lgan Lyuksemburg terma jamoasi a’zosi endi APLda o‘ynaydi
Lyuksemburg terma jamoasi yarim himoyachisi Danel Sinani faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 23 yoshli futbolchi “Norvich” klubi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv esa 2023 yilga qadar tuzilgan.
Endi Sinani yangi jamoasi safiga 2020/21 yilgi mavsum boshlanishidan avval erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.
Sinani joriy mavsum “Dyudelanj” klubi tarkibida Lyuksemburg chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 14 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar